date

Toshkentda bankomat o‘g‘irlashga uringanlar qo‘lga olindi

Toshkentda bankomat o‘g‘irlashga uringanlar qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 3 avgust kuni soat 23:50 larda Uchtepa tumani “Xurshid” mahallasidagi Beshqayrag‘och ko‘chasida joylashgan Paynet bankomatini o‘g‘irlashga urinish sodir bo‘lgan. Bu haqda navbatchilik qismiga xabar kelib tushgach, tezkor guruh voqea joyiga yo‘l olgan.

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida uch nafar gumonlanuvchi — A.Sh., T.F. va Z.Z.lar qo‘lga olingan. Ular qo‘lqop va bosh kiyim kiygan holda, kulrang Tracker avtomobili davlat raqamlarini yechib, bankomatni avtomashina yukxonasiga joylashga harakat qilishgan.

Biroq bankomat og‘irligi sababli tushib ketgan va shovqin chiqargan. Bu holat atrofdagilar e’tiborini tortgani uchun gumonlanuvchilar bankomatni tashlab, joydan qochib ketishgan. Hozirda Uchtepa tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bankomat o‘g‘irlashga uringanlar qo‘lga olindi