Italiya klinikalari o‘zbekistonlik hamshiralarga yuqori maosh taklif etmoqda

1 daqiqa o'qish1.3K
Italiya klinikalari o‘zbekistonlik hamshiralarga yuqori maosh taklif etmoqda

Italiyada tibbiyot sohasidagi malakali mutaxassislarga talab ortib borar ekan, o‘zbekistonlik hamshiralar uchun ham yangi imkoniyat eshiklari ochildi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi ma’lum qilishicha, Italiya hukumati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Milan shahridagi nufuzli klinikalarda ishlash uchun hamshiralar tanlovi e’lon qilindi.

Loyiha doirasida dastlab 3 oylik stajirovka o‘tkaziladi. Bu vaqt mobaynida nomzodlar klinikalarda amaliy ko‘nikma orttirib, ish jarayonlariga moslasha oladi. Stajirovka davrida hamshiralarga oyiga 1200–1500 yevro maosh, bepul turar joy va tushlik, shuningdek, italyan tili kurslari taqdim etiladi. Ish rejimi yengil va qulay shartlarda tashkil etilishi aytilayapti.

Eng qizig‘i, stajirovka muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, hamshiralar bilan 1800–2200 yevro miqdorida oylik maosh belgilangan to‘liq mehnat shartnomasi imzolanadi. Agar nomzod o‘zi istasa, ilgarigi ish joyiga qaytish imkoniyati ham saqlanib qoladi.

Talablar ham aniq belgilangan: nomzodlar “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, kamida 3 yillik tajribaga egaligi, 20–45 yosh oralig‘ida bo‘lishi, sog‘lom va xorijga chiqishiga to‘siqlar yo‘qligi kerak.

Ariza berish uchun zarur hujjatlar quyidagilardan iborat: pasport nusxasi, diplom, belgilangan namunadagi ingliz tilidagi rezyume, hamda so‘nggi 3 oy ichida olingan rangli fotosurat.

Migratsiya agentligi arizalar 15 avgustga qadar qabul qilinishini ma’lum qildi. Birinchi bosqichda esa 10 nafar nomzod saralab olinishi rejalashtirilgan.

Bunday imkoniyat nafaqat yuksak maosh olish, balki xalqaro tajriba orttirish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ham katta qadam bo‘lishi shubhasiz.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?