date

Odam savdosida ayblangan 6 shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Odam savdosida ayblangan 6 shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Turkiyada qochib yurgan va xalqaro miqyosda qidiruvga berilgan 6 nafar o‘zbekistonlik jinoyatchi qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Toshkentdagi Milliy markaziy byurosi rasmiy xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Anqara Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari o‘zbek hamkasblari bilan hamkorlikda qator tezkor tadbirlarni amalga oshirgan. Natijada odam savdosi, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik, mulkka qarshi og‘ir jinoyatlar va boshqa qonunbuzarliklarda ayblanayotgan shaxslar ushlangan.

Turkiya hududida ushlangan va sud-tergov organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan barcha shaxslar to‘liq protsessual tartibda O‘zbekistonga qaytarildi. «Olti nafar shaxslarning barchasi keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida Toshkent Interpol Milliy markaziy byurosi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlariga topshirildi», – deyiladi rasmiy axborotda.

Ushbu tadbir Toshkent va Anqara Interpol Milliy markaziy byurolari o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuv va hamkorlik memorandumlari asosida amalga oshirilgan. Bu hamkorlik xalqaro qonunbuzarliklarga qarshi kurashish va jinoyatchilarni jazodan qochirmaslikda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odam savdosida ayblangan 6 shaxs O‘zbekistonga olib kelindi