Farg‘ona viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi hududiy nazorat inspeksiyasining bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi. Bu haqda rasmiy idoralar ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u xizmat vakolatidan foydalanib, Quva tumanidagi 4 sotix yer maydonida qurilishi tugallanmagan binolarni rasmiylashtirish uchun kadastr va arxitektura idoralarida ishlaydigan tanishlari orqali hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan. Shuning evaziga u 5000 AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis oldindan 1000 dollar olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sudgacha bo‘lgan tergov davrida ayblanuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Quvada uy-joy hujjatini rasmiylashtirish uchun pora talab qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar