
Farg‘ona viloyatida tuman gaz ta’minoti bo‘limi rahbari pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u o‘z mansab vakolatidan suiiste’mol qilib, 10 ta xonadonni yuqori bosimli tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish uchun har biridan 1000 AQSH dollaridan, jami 10 000 dollar talab qilgan.
Tezkor tadbir chog‘ida u so‘ralgan pul mablag‘ini tanishi orqali olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, mazkur rahbar ilgari ham sudlangan bo‘lgan, ammo xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.