Toshkentda ikki avtobus va “Onix” ishtirokida YTH yuz berdi

1 daqiqa o'qish899
Toshkentda ikki avtobus va “Onix” ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkentda ikki avtobus va “Onix” ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkent shahrida ikki avtobus va “Onix” avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 25-sentyabr kuni soat 10:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, “King Long” rusumli 63-sonli avtobus oldida harakatlanayotgan “Yutong” rusumli 151-sonli avtobusning orqa qismiga borib urilgan. Sabab — haydovchi oraliq masofani saqlamagan.

“Yutong” avtobusi esa zarba ta’sirida o‘zidan oldin harakatlanayotgan “Onix” yengil mashinasiga borib urilgan. Natijada, 63-sonli avtobusning 46 yoshli yo‘lovchisi qo‘rqib stress holatiga tushgan va tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. U yerda unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

To‘qnashuv oqibatida har ikkala avtobus texnik jihatdan shikastlangan. Hodisa bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?