Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlar jazolandi

1 daqiqa o'qish347
Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlar jazolandi

Paxta yig‘im-terimi mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdorlar ustidan qat’iy choralar qo‘llandi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilishlaricha, paxta terimi paytida bolalar mehnati va majburiy mehnatni oldini olish, shuningdek, mehnat qonunchiligini buzmaslik maqsadida muntazam monitoring ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning 10–20 sentyabr kunlari o‘tkazilgan tekshiruvlarda 300dan ortiq terimchi bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Shu davrda 11 holatda mehnat qonunchiligi buzilgani aniqlanib, mansabdor shaxslarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan chora ko‘rildi. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 3 nafar mansabdorga 51-modda 1-qismi bo‘yicha ma’muriy chora qo‘llandi.

Vazirlik matbuot xizmatining ta’kidlashicha:
“O‘zbekistonda majburiy mehnatning har qanday shakli qat’iy taqiqlangan va qonun buzuvchilarga nisbatan javobgarlik belgilanishi ta’minlanadi. Terimchilarning huquqlarini himoya qilish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishini kuzatish – davlatning ustuvor vazifalaridan biridir”.

Mazkur choralar paxta mavsumida ishchilarning huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Terimchilar va qishloq xo‘jaligi sohasidagi xodimlar uchun bunday monitoring tizimi mehnat amaliyotida qonuniylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?