Sobiq xodim sud qarori asosida ishga tiklandi

Sobiq xodim sud qarori asosida ishga tiklandi

Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2026 yil 13 avgustdagi ijro varaqasi kelib tushgan.

Sud hujjatiga asosan, undiruvchi B.A.ni qarzdor tashkilotning «Hududiy tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi» boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga ishga tiklash belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan zudlik bilan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdor — uyushma rahbariyatiga undiruvchini sud hujjatida ko‘rsatilgan lavozimga ishga tiklash haqida talabnoma yuborildi.

Shuningdek, talabnomada belgilangan muddatda sud hujjati ijrosi ta’minlanmagan taqdirda qonunchilikda nazarda tutilgan huquqiy oqibatlar yuzaga kelishi haqida mas’ul shaxslar ogohlantirildi.

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida sud hujjatida belgilangan talab to‘liq bajarilib, undiruvchi B.A. o‘zining avvalgi lavozimiga ishga tiklandi.

Mazkur holat sud hujjatlarining o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash, fuqarolarning mehnat huquqlarini tiklash hamda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ijro organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarining amaliy natijasidir.

Zero, sud hujjati qabul qilinishi bilan ish bitmaydi — uning amalda ijro etilishi ham adolat va qonun ustuvorligining muhim kafolatlaridan biridir.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar