Toshkentda beshta kanal bo‘yida 66,55 km sayr yo‘laklari qurilmoqda

Toshkentda beshta kanal sohilini mustahkamlash, piyodalar yo‘laklari va sayr hududlarini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Obodonlashtirish ishlari Bo‘zsuv, Salar, Damashi, Jo‘n va Bo‘rijar kanallarining jami 66,55 kilometrlik qismini qamrab olgan. Bu hududlarda zamonaviy dam olish maskanlari ham tashkil etilmoqda.
Ishlar poytaxtning Yunusobod, Shayxontohur, Yakkasaroy, Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Olmazor tumanlarida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, kanallarning muhofaza hududlarida yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Beshta kanalning muhofaza hududida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha 326 ta holat aniqlangan. Ularning umumiy maydoni 11,46 gektarni tashkil etadi.
Aniqlangan holatlarning 275 tasi bo‘yicha, ya’ni 8,41 gektar maydondagi noqonuniy bino va inshootlar allaqachon bartaraf etilgan. Qolgan 51 ta holat bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Bartaraf etilgan qonunbuzilishlar aniqlangan holatlarning 84 foiziga teng.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…