date

Ai-80 benzini standartga javob bermadi — AYOQSHga chora ko‘rildi

Ai-80 benzini standartga javob bermadi — AYOQSHga chora ko‘rildi
Farg‘ona viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQSH aniqlandi, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya viloyat boshqarmasi. Tekshiruvlar chog‘ida “F.N.B.” MCHJga tegishli yoqilg‘i quyish shoxobchasidan olingan Ai-80 markali benzin namunasi laboratoriya tahlilida davlat standarti talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Aniqlangan qoidbuzarliklar asosida “O‘zbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunning 43-moddasiga muvofiq 17,6 million so‘m miqdorida jarima qo‘llandi. Bu miqdor sotilgan yoqilg‘i qiymatining 50 foizi hisoblanadi.

Shuningdek, korxonaga sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvdan chiqarish va uning sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. O‘zenergoinspeksiya nazorati ostida shoxobchadagi qolgan yoqilg‘i miqdori ham tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ai-80 benzini standartga javob bermadi — AYOQSHga chora ko‘rildi