date

Farg‘onada metan shoxobchasi 9,7 mlrd so‘mlik gazni yashirdi

Farg‘onada metan shoxobchasi 9,7 mlrd so‘mlik gazni yashirdi
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida joylashgan avtotransport vositalariga metan gaz to‘ldirish shoxobchasida yirik noqonuniy harakat fosh etildi. Bu haqda “Hududgaz Farg‘ona” GTF Komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan nazorat tadbiri davomida ma’lum qilindi.

Tadbir chog‘ida So‘x tumanidagi “G.O.O.” xususiy korxonasiga qarashli metan shoxobchada gaz hisoblagich qurilmasiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘adan foydalanish qoidasi buzilgani aniqlandi. Uzilgan tamg‘a gaz iste’molining yashirilishiga olib kelgani gumon qilingan.

Tadbirda mutasaddilar tomonidan hodisa joyida dalolatnoma tuzildi va maxsus qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 9 milliard 757 million so‘m (taxminan 770 ming AQSH dollari) etib baholandi.

Mazkur holat yuzasidan barcha dalil va tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Qonun buzilishi yuzasidan javobgarlik belgilash maqsadida huquqiy choralar ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada metan shoxobchasi 9,7 mlrd so‘mlik gazni yashirdi