Ayollar orasida giyohvandlik shok darajada o‘sdi – sabab nima?

1 daqiqa o'qish928
Ayollar orasida giyohvandlik shok darajada o‘sdi – sabab nima?

So‘nggi yillarda mamlakatda giyohvandlik va unga bog‘liq jinoyatlar tez sur’atlarda ko‘paymoqda. Ayniqsa, bu xavfli illat ayollar va yoshlar orasida keng yoyilayotgani jamiyat uchun jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi katta inspektori Sarvar O‘rmonov ma’lum qilganidek, 2020 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgani uchun javobgarlikka tortilganlar soni ikki barobardan ko‘proq oshgan. Eng tashvishli jihati shundaki, bu o‘sish asosan ayollar va yoshlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Besh yil avval giyohvandlikda gumon qilinganlar orasida ayollar ulushi atigi bir necha foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich uch barobarga oshgan. Yoshlar orasidagi vaziyat yanada xavfli – har uchinchi narkojinoyat sodir etgan shaxs 30 yoshga to‘lmagan yigit-qizlardir.

Sarvar O‘rmonovning ta’kidlashicha, bu tendensiyaning asosiy sababi narkotik moddalarning ijtimoiy tarmoqlar orqali faol tarqatilishi bilan bog‘liq. Ilgarigidek ko‘cha savdosi yoki yashirin “aloqachilar” orqali emas, balki internet orqali turli kanallar, botlar va maxfiy guruhlar orqali sotuv kengaymoqda. Jinoiy tuzilmalar yoshlarni “oson pul”, “erkin hayot” va “shon-sho‘hrat” va’dalar bilan aldab, ularni qo‘lga tushirayotgani ayni haqiqatdir.

Ayollar orasida giyohvandlik shok darajada o‘sdi – sabab nima?

“Huquq-tartibot organlari chegaralarda nazoratni kuchaytirayotgani va katta partiyadagi narkotiklarni musodara qilish bo‘yicha muhim natijalarga erishganiga qaramay, jinoiy sxemalarning o‘zi tobora murakkablashmoqda. Narkotrafik endi faqat real dunyoda emas, raqamli makonda ham faoliyat yuritmoqda. Shu sababli unga qarshi kurashda yangi yondashuvlar – kibernazorat, internet tahlillari va ta’lim muassasalaridagi profilaktika tadbirlari alohida ahamiyat kasb etmoqda”, — deydi O‘rmonov.

Mutaxassisning fikricha, davlat so‘nggi yillarda bu sohada qator ishlar amalga oshirdi: xalqaro hamkorlik kuchaytirildi, profilaktika tadbirlari kengaytirildi, jinoiy javobgarlik choralari qat’iylashtirildi. Biroq dinamika shuni ko‘rsatmoqdaki, narkotik moddalar bozori yangilangan texnologiyalarga tez moslashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?