O‘zbekistonda yana 6 kilogrammli chaqaloq tug‘ildimi? (video)

O‘zbekistonda yana 6 kilogrammli chaqaloq tug‘ildimi? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi tug‘ruqxonalardan birida vazni 6 kilogramm bo‘lgan chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar tarqaldi. Holat aks etgan videoda shifokor chaqaloqni ko‘tarib ko‘rsatadi. Uning vazni odatdagidan ancha katta bo‘lgani sababli yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan kiyimlar kichiklik qilgan.

Videoda shifokor chaqaloqning onasi unga akasining kiyimlarini olib kelganini aytadi.

«Mana shu bolajonimizning oyisi bolasiga akasining kiyimchasini olib kelgan. Kattaligini bilganda endi. Biz bunga shapka topolmadik, o‘zimiz yasab qo‘ydik», — deydi kulib.

Mazkur video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida qiziqish uyg‘otdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar