date

Sud qarori bilan uch nafar bola onasiga qaytarildi

Sud qarori bilan uch nafar bola onasiga qaytarildi

Toshkent shahrida yashovchi ayol farzandlarini sobiq turmush o‘rtog‘idan sud orqali qaytarib oldi, deb xabar berdi Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2023-yil 7-iyul kuni Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati chiqargan ijro hujjati asosida Yashnobod tuman Ijro byurosiga ish kelib tushgan. Unda 10 va 11 yoshdagi uch nafar o‘g‘il bolaning onasi vasiyligiga o‘tkazilishi belgilangan.

18-oktabr kuni ijro byurosi xodimlari sud qarorini belgilangan tartibda amalga oshirib, bolalarni otasidan onasiga topshirdi. Qaror to‘liq bajarilganligi sababli ijro ishi tez orada tugatiladi.

Manba: Upl.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud qarori bilan uch nafar bola onasiga qaytarildi