21-oktyabr kuni kechki soat 22:31 da Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan qurilishi hali tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar xodimlari voqea joyiga atigi 8 daqiqa ichida — 22:39 da yetib borgan va 13 daqiqalik kurashdan so‘ng yong‘in soat 22:52 da qurshab olinib, 22:58 da batamom o‘chirilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, yong‘in natijasida qurilayotgan binoning yerto‘la qismida saqlanayotgan qurilish materiallari yonib zararlangan. Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda yong‘inning sabablari va zararning aniq miqdori bo‘yicha tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!