Beruniyda yana bitta noqonuniy qurilma buzdirildi

Beruniyda yana bitta noqonuniy qurilma buzdirildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sudlarning noqonuniy qurilmalarni buzish to‘g‘risidagi qarorlarining ijrosi jadallashtirilmoqda.

Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2026 yil 16 mart kungi qaroriga asosan, Beruniy tumani, “Turon” MFY Shabbaz massivi hududiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan, umumiy maydoni 244,8 kv.m bo‘lgan turar joy qurilishi uchun mo‘ljallangan poydevorni (fundament) javobgar M.A.ning hisobidan majburiy buzdirish va yer maydonini yaroqli holatga keltirish belgilangan.

Ushbu qaror bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjat Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, javobgar M.A.ga o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda buzish uchun 15 kunlik muddat berilgan.

Berilgan muddat ichida sud qarori talabi bajarilmaganligi sababli, noqonuniy qurilma maxsus texnika vositalari yordamida majburiy buzdirib tashlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar