Yangihayot tumanida noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor D.Q.ga nisbatan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Ijro hujjatiga muvofiq, Yangihayot tumani Xo‘ja Uchqun markaziy ko‘chasi yuzida joylashgan noturar binoga tutash hududdagi 30,0 kv.m yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.

Olib borilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida mazkur yer maydoni qonuniy egasiga qaytarilib, unda noqonuniy ravishda qurilgan inshootlar buzdirildi hamda hudud asl holatiga keltirildi.































Izohlar 0
…