
Toshkent markazida kecha kechqurun yuz bergan yo‘l-transport hodisasi ko‘hna shahar ahli o‘rtasida katta xavotir uyg‘otdi. Abdulla Qodiriy ko‘chasida yuqori tezlikda harakatlangan BMW avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Tracker bilan qattiq zarbda to‘qnashdi.
Shiddatli zarba oqibatida bir necha kishi jarohat oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan da’volarga ko‘ra, bir nafar qizning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Qolgan yo‘lovchilar va haydovchilar shifoxonaga olib ketilgani aytilmoqda.
Shundan so‘ng Toshkent shahar IIBB rasmiy bayonot berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan, jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Holatning barcha detallari o‘rganilib, rasmiy ma’lumot qo‘shimcha surishtiruvlardan keyin e’lon qilinadi.
Ayni paytda mutaxassislar hodisaga olib kelgan sabablarni, shuningdek, har ikki avtomobil haydovchisining harakat tarzini o‘rganmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.