
Buxoro viloyatining Kogon tumanida o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tezkor tadbiri davomida noqonuniy saqlanayotgan pnevmatik qurol aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati “Xabar.uz”ga ma’lum qilgan.
Tadbir chog‘ida tumanning Niyozi Hoji mahallasida yashovchi 36 yoshli fuqaro Q.I.ning yashash xonadonidan 1 dona “Ijevskiy” zavodida ishlab chiqarilgan pnevmatik qurol topilgan. Qurol “Izh-38” rusumli bo‘lib, 1959-yilda ishlab chiqarilgan, 4.5 mm kalibrli va 1 nilli hisoblanadi.
Mazkur qurol fuqaro tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz, hujjatlarsiz yashirin ravishda saqlab kelingani aniqlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.