“Real Sanjik” vaqtincha hibsga olindi

1 daqiqa o'qish555
“Real Sanjik” vaqtincha  hibsga olindi

Taniqli bloger “Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan S.K. vaqtincha hibsga olindi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 noyabr kuni soat 19:00 larda Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan maxsus reyd davomida bloger ushlangan. Jabrlanuvchilar uni tovlamachilik va o‘qotar qurollarni noqonuniy saqlashda gumonlamoqda.

Tashanovning aytishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa yuzasidan rasmiy izoh berish bilan birga, protsessual qoidalarga qat’iy amal qilishi zarur.

Bundan oldin ham bloger nomiga bog‘liq shov-shuvli voqea jamoatchilik e’tiborini tortken edi. 2024 yil avgust oyida 1997 yilda tug‘ilgan Sh.R. ma’shuqasi Sh.A.ga uylanishini va’da qilib, uning ishonchidan foydalangan. Uyini yashirin tarzda bloger “Real Sanjik”ga 240 ming dollarga sotib yuborgan.

Shov-shuv ketgandan so‘ng bloger uyni bolalar uyiga hadya qilishini aytgan, ammo hujjatlarni topshirmagani ma’lum bo‘lgan.

Bu ish bo‘yicha Sh.R.ga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi ochilib, tergov davomida uning boshqa qurbonlari ham aniqlangan.

21 noyabr kuni sud hukmi o‘qildi: Sh.R. 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi va jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?