«Sanjik» qamoqxonada soch ektirganmi?

«Sanjik» qamoqxonada soch ektirganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Real Sanjik» nomi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimovning go‘yoki qamoqxonada soch ekish amaliyotini o‘tkazgani haqidagi xabarlar keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Mazkur gap-so‘zlarga blogerning advokatlari rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, avvalgi sud majlislarida Sanjar Karimov qamoqxona ichki tartib-qoidalariga muvofiq sochi kalta qilib olingan holda, asosan bosh kiyimda ishtirok etgan. Biroq 29 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida boshlangan apellyatsiya sudi muhokamalarida u bosh kiyimsiz qatnashgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Sud jarayonidan tarqalgan tasvirlarda blogerning peshona qismidagi sochlari boshqacha ko‘ringani ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar buni qamoqxonada soch ekish amaliyoti o‘tkazilgani bilan bog‘ladi.

Biroq Sanjar Karimovning himoyachisi Mansur Abduraimov bu taxminlarni rad etdi. Uning aytishicha, bloger soch ekish muolajasini qamoqqa tushishidan ancha oldin, taxminan bir yil avval xorijda amalga oshirgan.

Advokatning ta’kidlashicha, qamoqxonada sochlar qisqa qilib olingani uchun avvaldan ekilgan sochlar yaqqolroq ko‘rinib qolgan. Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri xulosalar tarqalgan.

«Sanjar qamoqxonada soch ektirmagan va buning imkoni ham yo‘q. Uning asosiy maqsadi tashqi ko‘rinish emas, balki ishi bo‘yicha adolat qaror topib, ozodlikka chiqishdir», — dedi advokat.

Bu ma’lumotni blogerning yana bir himoyachisi Oybek Ashurov ham tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sanjar Karimov jazoni ijro etish muassasasida barcha mahkumlar kabi belgilangan ichki tartib-qoidalarga amal qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar