Farg‘onada yirik operatsiya: Giyohvand modda va 4500 dona "Regapen" qo‘lga olindi!

1 daqiqa o'qish189
Farg‘onada yirik operatsiya: Giyohvand modda va 4500 dona "Regapen" qo‘lga olindi!

Farg‘ona viloyatida Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir etuvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash doirasida DXX, IIV va Bojxona organlarining hamkorligida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada "gashish" hamda kontrabanda yo‘li bilan kiritilgan "Regapen" dori vositalarini sotish bilan shug‘ullangan bir necha nafar shaxs hibsga olindi.

"Matiz"da yashirilgan 866 gramm "gashish"

Birinchi holat Marg‘ilon shahrida qayd etildi. Tezkor tadbir davomida 1996 yilda tug‘ilgan, Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli "Matiz" avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruvda avtomashina salonidan 866 gramm "gashish" moddasi topilib, ashёviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Gumonlanuvchi ushbu giyohvandlik moddasini sotib, katta daromad orttirishni maqsad qilgani ma’lum bo‘ldi.

Qirg‘izistondan $12 800 lik "Regapen" kontrabandasi

Boshqa bir operatsiya Farg‘ona shahrida amalga oshirildi. Andijonning Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 2 nafar narkodiler Qirg‘izistondan yashirincha olib kirilgan 4 508 dona "Regapen" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini xaridorga 12 800 AQSH dollariga sotish chog‘ida qo‘lga olindi.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvlarga "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Mutasaddi organlar bu kabi noqonuniy aylanma yoshlar salomatligiga va jamiyat kelajagiga jiddiy xavf soli shini eslatib, unga qarshi kurashish barchaning burchi ekanini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?