
Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni biologik faol qo‘shimcha sifatida qadoqlab sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va bojxona organlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 1970-yilda tug‘ilgan fuqaroning Uchtepa tumanidagi uyidan 1835 dona “Regapen” psixotrop dori vositasi topildi.
Tekshiruvda aniqlanishicha, ushbu dorilar tarkibida pregabalin moddasining yuqori miqdorda bo‘lishi ularni kuchli ta’sir qiluvchi va nazorat ostidagi vositalar qatoriga kiritadi. Shunga qaramay, shaxs mazkur dorilarni BAA (biologik faol qo‘shimcha) qutilariga solib, dorixonalarda yashirin tarzda sotmoqchi bo‘lgan.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.