date

Toshkentda tashlandiq joydan bog‘ qurgan fuqaro kutilmaganda jarimaga tortildi

Toshkentda tashlandiq joydan bog‘ qurgan fuqaro kutilmaganda jarimaga tortildi

Toshkentning Yashnabod tumanida ikki yil davomida tashlandiq yerni yashil hududga aylantirgan Arsen Avanesyan kutilmaganda 82,4 million so‘m jarimaga tortildi. Eng ajablanarlisi — unga xududni yana avvalgi holatiga, ya’ni bo‘sh va qarovsiz ko‘rinishga qaytarish talab qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2022 yildan boshlab o‘z mablag‘i evaziga yerni tozalab, minglab ko‘chat ekib, yo‘lkalar, o‘rindiqlar, yoritish tizimi va videokuzatuv o‘rnatgan. Aholi ham tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, 300 ga yaqin kishi obodonlashtirish ishlarida ixtiyoriy qatnashgan. Loyiha uchun umumiy 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangani aytiladi.

Avanesyanning so‘zlariga ko‘ra, u mahalla bilan kelishgan va hokimiyat ham ishdan xabardor bo‘lgan. Ammo tekshiruv idoralari uning harakatini yer qonunchiligiga zid deb topdi va yirik jarima hisoblab chiqdi.

Hozircha mutasaddi organlar vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tashlandiq joydan bog‘ qurgan fuqaro kutilmaganda jarimaga tortildi