Telegram'da ayolga nomaqbul surat yuborgan erkak jarimaga tortildi

1 daqiqa o'qish120
Telegram'da ayolga nomaqbul surat yuborgan erkak jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 35 yoshli erkak tanishi bo‘lgan ayolga Telegram orqali haqoratli xabarlar yozib, nomaqbul surat yuborgani uchun javobgarlikka tortildi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak 2015 yildan buyon tanish bo‘lgan ayol bilan Telegram orqali yozishib kelgan. Keyinchalik u ayolga haqoratli mazmundagi xabarlar yuborib, shilqimlik qilgan. Shuningdek, unga pornografik mazmundagi surat ham jo‘natgan.

Sud majlisida ayol erkakning bunday xatti-harakatlari birinchi marta sodir bo‘lmaganini bildirgan. U suddan holatga huquqiy baho berib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Sud ish materiallarini ko‘rib chiqib, erkakni bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarimaga tortgan. Jarima 12 million 360 ming so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat internet messenjerlaridan foydalanishda ham boshqa shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?