O'zbekistonda pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi joriy etiladi

1 daqiqa o'qish319
O'zbekistonda pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi joriy etiladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish rejalashtirilmoqda.
  • Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining mutlaq vakolatiga o'tkazilib, maxsus tayyorlangan tergovchilar va sudyalar instituti shakllantirilishi ko'zda tutilgan.

O'zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo'ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda. Asosiy o'zgarishlardan biri — voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Bu tashabbuslar “Mahalla rivoji va jamiyat taraqqiyoti yili” dasturi hamda “O'zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo'yicha davlat dasturi loyihalarida qayd etilgan. Hujjatlarda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy va boshqa ko'rinishdagi zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining mutlaq vakolatiga o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Bunday ishlarni yuritish uchun maxsus tayyorlangan tergovchilar va sudyalar institutini shakllantirish ham rejalashtirilgan. Shuningdek, nikoh yoshiga yetmagan shaxslarni unashtirishga yo'l qo'ygan ota-onalar yoki vasiylarga, shuningdek noqonuniy nikohlarni targ'ib qilganlarga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

Oilaviy zo'ravonlikning oldini olish maqsadida yangi turmush qurganlar uchun mo'ljallangan maxsus ta'lim dasturlari kengaytiriladi va kuchaytiriladi — ularga psixolog hamda yuristlar jalb etilishi ko'zda tutilgan. Ushbu normalar 2026 yil 1 aprelidan kuchga kirishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilnoza Azizova bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikning barcha ko'rinishlari uchun umrbod qamoq jazosini belgilash tashabbusini ilgari surgandi. Bunga Namangan viloyatida erkak kishi 7 yoshli qarindoshini zo'rlagani haqidagi holat sabab bo'lgani aytiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, u avval ham bir necha bor turli jinoyatlar, jumladan zo'rlash va zo'ravonlik bilan jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlar uchun sudlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?