date

Behayolik bilan qilingan ichki kiyim reklamasi uchun “Lady Eva” do‘koni sud javobgarligiga tortiladi

Behayolik bilan qilingan ichki kiyim reklamasi uchun “Lady Eva” do‘koni sud javobgarligiga tortiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Lady Eva” kiyim-kechak do‘koniga tegishli axloqiy me’yorlarga zid reklama roligi jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Videoda ichki kiyimlar “behayo” iboralar bilan taqdim etilgan bo‘lib, bu ko‘pchilik tomonidan milliy va oilaviy qadriyatlarga zid, odobsizlik deb baholandi.

Mazkur holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi ushbu reklamaning jamiyat axloqi va odob-axloq me’yorlariga mutlaqo mos emasligini bildirgan.

Tegishli xulosalarga tayanib, Raqobat qo‘mitasi “Lady Eva” savdo do‘koni rasmiy yurituvchisi bo‘lgan YATT Shanazarov Shavkat Shausmanovichga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi va ishni sud organlariga yubordi.

Endilikda, ushbu holat bo‘yicha yakuniy qarorni sud ko‘rib chiqadi. Tadbirkorning harakati qonun doirasida baholanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Behayolik bilan qilingan ichki kiyim reklamasi uchun “Lady Eva” do‘koni sud javobgarligiga tortiladi