Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi urib yuborgan YPX xodimi fojiali halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish384
Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi urib yuborgan YPX xodimi fojiali halok bo‘ldi

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi urib yuborgan YPX xodimi fojiali halok bo‘ldi

Poytaxtda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi og‘ir oqibat bilan yakunlandi. Xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori kichik serjant Xosilbek Eshnazarov shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etdi.
Ma’lum qilinishicha, 25 fevral kuni soat 21:48 larda Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan inspektorni voyaga yetmagan, 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi “BMW” rusumli avtomashina urib yuborgan. Oqibatda u og‘ir tan jarohatlari olgan va uch kun davomida tibbiyot muassasasida shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalar samara bermagan.
Ichki ishlar vazirligi marhumning vafoti munosabati bilan rasmiy bayonot berib, uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Bosh prokuratura ham ta’ziya izhor etgan.
Xosilbek Eshnazarov 2022 yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan edi. Xizmatga sadoqati va fidoyiligi bilan ajralib turgan xodimning ortidan qariya ota-onasi, rafiqasi hamda ikki o‘g‘il va bir qiz farzandi qoldi.
Ushbu voqea jamoatchilikda katta aks-sado berdi. Yo‘l harakati xavfsizligi, voyaga yetmaganlarning transport boshqarishi va mas’uliyat masalalari yana bir bor dolzarb mavzuga aylandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?