Termizda fojiali YTH: 10-sinf o‘quvchisi boshqargan Cobalt ikkiga bo‘linib ketdi

Termizda fojiali YTH: 10-sinf o‘quvchisi boshqargan Cobalt ikkiga bo‘linib ketdi

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida voyaga yetmagan o‘smir boshqargan avtomobil ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avariya oqibatida bir nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, haydovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 9 oktyabr kuni yuz bergan. 2010 yilda tug‘ilgan 10-sinf o‘quvchisi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda onasiga tegishli Cobalt avtomobilini yuqori tezlikda boshqargan. Boshqaruvni yo‘qotgan avtomobil yoritish ustuniga urilgan. To‘qnashuv shu qadar kuchli bo‘lganki, mashina ikkiga bo‘linib ketgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilda bo‘lgan haydovchining sinfdoshi voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi esa og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Termiz tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fojiali hodisadan so‘ng hududdagi 23-, 24- va 25-maktablarda o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida profilaktik yig‘ilishlar tashkil etilgan. Ularda voyaga yetmaganlarning transport vositalarini boshqarishi bilan bog‘liq xavflar muhokama qilingan

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar