Toshkent viloyatida bankomatni buzishga uringan erkak 4 daqiqada qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish2.5K
Toshkent viloyatida bankomatni buzishga uringan erkak 4 daqiqada qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 2 mart kuni bankomatni buzib, ichidagi pullarni olib ketishga uringan shaxs tezkor ravishda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, tungi soat 03:10 da “Oppoq” MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasidagi bankomat qurilmasidan xavf signalini bergan tashvish xabari Qo‘riqlash boshqarmasiga kelib tushgan. Ogohlantirish navbatchilik qismi orqali darhol tungi tezkor guruhga uzatilgan.

Xodimlar voqea joyiga bor-yo‘g‘i 4 daqiqada yetib borib, atrof-muhitni tekshirishga kirishgan. Kuzatuv va tekshiruv davomida bank shoxobchasi hududida bo‘lgan shaxs ushlangan.

Uning yonidan bolg‘a, otvertka hamda boshqa xo‘jalik asbob-uskunalari topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u bankomat eshigini majburan ochib, pullarni o‘g‘irlashni rejalashtirgan.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyidayoq qo‘lga olingan. Ayni holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?