Marhum YPX inspektori "Jasorat" medaliga loyiq ko‘rildi

1 daqiqa o'qish669
Marhum YPX inspektori "Jasorat" medaliga loyiq ko‘rildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga binoan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga qarashli yo‘l-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Hosilbek Eshnazarov "Jasorat" medali bilan mukofotlandi.

Rasmiy hujjatda u ichki ishlar tizimidagi sidqidildan mehnati, jinoyatchilikka qarshi kurashdagi faol ishtiroki hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlangani qayd etilgan. Shuningdek, yo‘llarda harakat xavfsizligini mustahkamlash, YTHlarning oldini olish va qoidabuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tish joiz, 25-fevral kuni soat 21:48 larda Toshkent shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan paytda Hosilbek Eshnazarovni "BMW" rusumli avtomashina urib yuborgan. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositasini 10-sinfda o‘qiydigan, voyaga yetmagan shaxs boshqargan.

Og‘ir jarohat olgan inspektor uch kun mobaynida shifokorlar nazoratida davolangan, ammo ko‘rilgan tibbiy choralarga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Hosilbek Eshnazarov 2022-yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan. Uning ortidan ota-onasi, rafiqasi, ikki nafar o‘g‘li va bir nafar qizi qolgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?