Namanganda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishga buyurtma bergan ayol qo‘lga tushdi

1 daqiqa o'qish371
Namanganda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishga buyurtma bergan ayol qo‘lga tushdi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida odam o‘ldirish bilan bog‘liq og‘ir jinoyatning oldi olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir ayol o‘zining jazmani bilan til biriktirib, turmush o‘rtog‘ini pul evaziga yollanma shaxs orqali yo‘q qilishni rejalashtirgan.

Tergovga oid dastlabki ma’lumotlarda aytilishicha, mazkur jinoyat uchun 6000 dollar miqdorida haq belgilangan. Tezkor tadbir jarayonida gumonlanuvchilar shartli “killer”ga 5500 dollar topshirayotgan paytda qo‘lga olingan.

Ayblanuvchilar ashyoviy dalillar bilan ushlangani aytilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat yuzasidan barcha holatlarga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu ish doirasida tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?