Toshkent viloyatida 2 milliard so'mlik noqonuniy dori vositalari fosh etildi

1 daqiqa o'qish174
Toshkent viloyatida 2 milliard so'mlik noqonuniy dori vositalari fosh etildi

Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo'yildi. Bojxona boshqarmasi, DXX va boshqa tegishli idoralar hamkorligida Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida yashirin omborxona aniqlandi.

Tekshiruv jarayonida xonadonda 7 961 quti, shuningdek, unga tegishli avtomashina ichida 6 167 quti xorijda ishlab chiqarilgan biologik faol qo'shimchalar va dori vositalari borligi ma'lum bo'ldi. Ushbu mahsulotlarning sifati kafolatlanmagan bo'lib, ularning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra 2 milliard so'mdan oshib ketgan.

Jami 13 675 quti dori vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib, olib qo'yildi. Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Mutaxassislar fuqarolarni sifati va kelib chiqishi noma'lum bo'lgan dori vositalarini xarid qilmaslikka hamda sog'liq uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan bunday mahsulotlardan ehtiyot bo'lishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?