Kredit qarzi evaziga garov mulki xatlandi

Sud qaroriga asosan, qarzdor fuqarodan «Kapitalbank» foydasiga 265 million so‘m kredit qarzini undirish belgilangan bo‘lib, sud hujjati ijrosi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga yuklatilgan.
Qarzdorlik belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda qoplanmaganligi sababli, davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan xonadon xatlandi.
Ko‘rilgan choralar natijasida 265 million so‘m miqdoridagi kredit qarzi to‘liq undirilib, sud qarori ijrosi ta’minlandi.




























Izohlar 0
…