Surxondaryoda “KAMAZ” rusumli gaz tashuvchi avtomobilda yong‘in chiqdi

1 daqiqa o'qish153
Surxondaryoda “KAMAZ” rusumli gaz tashuvchi avtomobilda yong‘in chiqdi

Foto: Videodan kadr

7 aprel kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Oqtom” MFYda joylashgan suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa gaz tashuvchi maxsus avtomobildan gazni sig‘imga quyish jarayonida sig‘imda chaqnash yuz bergani natijasida kelib chiqdi. Chaqnash natijasida paydo bo‘lgan yong‘in joyiga 5 ta qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, yong‘in o‘rab olingan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, gazning yorilishi va yong‘inning kelib chiqishi maxsus avtomobildan propan gazini bo‘shatish jarayonida texnologik buzilishlar natijasida sodir bo‘lgan. Voqea joyida viloyat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha rahbarlar, Denov tumani IIB, SSB va “Hududgaztaʼminot” rahbar va xodimlari ishlashmoqda.

Qutqaruvchilarning olib borgan ishlari tufayli yong‘inni bartaraf etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash ishlari davom etmoqda. Jabrlanganlar va qurbonlar haqida hali xabar berilgani yo‘q.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?