Estrada sohasi soliq tizimida: yangi o‘zgarishlar muhokamasi

1 daqiqa o'qish398
Estrada sohasi soliq tizimida: yangi o‘zgarishlar muhokamasi

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni soliqqa tortish va hisobini yuritish tizimini soddalashtirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi yakunlandi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur hujjat so‘nggi yillarda eng ko‘p muhokama qilingan tashabbuslardan biri bo‘lib, taxminan 16 ming marta ko‘rilgan. Muhokama jarayonida fuqarolar hamda mutaxassislar tomonidan jami 130 ta taklif va fikr-mulohazalar bildirilgan.

Loyiha soliq tizimidagi majburiylik va adolat tamoyillarini amalda taʼminlash, shuningdek, konsert-tomosha sohasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish hamda hisob-kitoblarni shaffof qilish maqsadida tayyorlangan.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 2024 yilda 2 020 nafar xonanda soliq deklaratsiyasini topshirgan bo‘lib, ularga umumiy hisobda 1,1 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblangan. Bu ko‘rsatkich har bir ijrochiga o‘rtacha 544,5 ming so‘m to‘g‘ri kelganini anglatadi.

2025 yilda esa vaziyat yana-da o‘zgargan: faqat 305 nafar xonanda deklaratsiya topshirib, jami 154 mln so‘m soliq to‘langan. O‘rtacha hisobda bir ijrochiga 505,6 ming so‘m soliq to‘g‘ri kelgani qayd etilgan.

Qaror loyihasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Raqobat qo‘mitasi hamda Soliq qo‘mitasi kabi masʼul idoralar bilan kelishilgan holda jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?