Termizda mansabdor pora ustida qo‘lga olindi...

1 daqiqa o'qish298
Termizda mansabdor pora ustida qo‘lga olindi...

Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga oid mansabdor shaxs xizmat vakolatini suiisteʼmol qilgan holda firibgarlikka qo‘l urgani aniqlandi.

Tekshiruv maʼlumotlariga ko‘ra, u fuqaroga bo‘lim yaqin vaqt ichida boshqa binoga ko‘chirilishi haqida soxta maʼlumot berib, bo‘shaydigan bino va unga tegishli yer maydonini tanishlari orqali auksiondan sotib olib berishni vaʼda qilgan. Aslida esa bu vaʼda faqat shaxsiy manfaat ko‘zlangan harakat bo‘lgan.

Mazkur “xizmat” evaziga u fuqarodan 3 ming AQSH dollari talab qilgani maʼlum bo‘ldi. Keyingi bosqichda tezkor tadbir tashkil etilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor operatsiya natijasida mansabdor shaxs pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. U 2 ming AQSH dollari va 12 million so‘m mablag‘ni qabul qilgan vaqtda ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. Tegishli organlar barcha holatlarni chuqur o‘rganmoqda.

Fuqarolarga esa bunday vaziyatlarga duch kelganda befarq bo‘lmaslik va zudlik bilan vakolatli organlarga murojaat qilish so‘raldi. Xususan, DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berish imkoniyati mavjud bo‘lib, murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Bu holat yana bir bor xizmat mavqei suiisteʼmol qilinsa, javobgarlik muqarrar ekanini eslatib qo‘ydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?