Toshkentda itlarni bosib ketgan Lacetti haydovchisi jazolandi

Toshkentda itlarni bosib ketgan Lacetti haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida avtomobilda itlarni bosib ketgan Lacetti haydovchisiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Haydovchining xatti-harakatlari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joriy yilning 3 noyabr kuni soat 09:00 atrofida poytaxtning Temirko‘r mahallasi hududidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan.

Mazkur voqea yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilib, haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Uning xatti-harakatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar