Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum qilindi?

Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum qilindi?

O‘zbekiston hududida 22 iyul kuni havo sharoiti biroz bulutli va vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esadigan shamol 3–8 m/s tezlikda bo‘lib, ayrim vaqtlarda 12–14 m/s gacha kuchayishi hamda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 23–25 daraja, kunduzi esa 32–34 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 darajagacha yetadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Havo harorati kechasi 20–25 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand hududlarida ham yog‘ingarchilik ehtimoli past. Shamol g‘arbdan sharqqa yo‘nalishini o‘zgartiradi va 7–12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo 30–35 darajagacha isiydi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo quruq saqlanadi. Biroq shamol ayrim joylarda 20–22 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hududlarda kunduzi havo harorati 34–39 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ham qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ham ogohlantirildi. Bu hududlarda shamol ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 12–17 daraja, kunduzi esa 20–25 daraja atrofida bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar