Andijonda tosh portlatilishi: katta chang ko‘tarilishi aholida xavotir uyg‘otdi

1 daqiqa o'qish96
Andijonda tosh portlatilishi: katta chang ko‘tarilishi aholida xavotir uyg‘otdi

Andijon viloyatida sement zavodi tomonidan olib borilayotgan portlatish ishlari ortidan katta miqdorda chang ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Ushbu holat mahalliy aholi orasida jiddiy xavotir va noroziliklarga sabab bo‘lgan.

Kun.uz'ga Xo‘jaobod tumani Imom ota qishlog‘i aholisi murojaat qilib, qishloq yaqinida deyarli kunora portlatish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, har bir portlatishdan so‘ng hududni qalin chang qoplashi odatiy holga aylangan.

Mahalliy aholining ta’kidlashicha, kuchli portlash ovozi va undan keyin havoga ko‘tarilayotgan chang bulutlari nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrim fuqarolar bunday holatlar bolalar va keksalar uchun ayniqsa xavfli ekanini ta’kidlamoqda.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur portlatish ishlari Andijon WCC sement zavodi tomonidan amalga oshirilmoqda. Idora ushbu holat nazoratga olinganini bildirib, hozirda vaziyat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Mutasaddilar tomonidan qo‘shimcha choralar ko‘rilishi va ekologik talablarga rioya etilishi masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?