Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 46 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 46 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

O‘zbekistonda barcha turdagi 6 196 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasida sanoat, yong‘in va qurilish xavfsizligi sohalarida jami 46 737 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Kamchiliklarning katta qismi sanoat va texnik xavfsizlik bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishda 25 mingdan ortiq e’tiroz qayd etilgan. Ayrim shoxobchalarda esa xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan nuqsonlar topilgan.

Shu sababli 464 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Ular aniqlangan jiddiy kamchiliklar bartaraf etilgandan keyingina ishini qayta boshlashi mumkin.

2026 yil sentyabriga qadar xavfsizlik me’yorlariga javob bermaydigan xavfli obyektlar ro‘yxatini shakllantirish rejalashtirilgan. Keyinchalik bunday shoxobchalarni bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko‘chirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 sentyabrdan foydalanish muddati tugagan bosim ostida ishlovchi uskunalardan foydalanish taqiqlanadi. Yangi tartib yoqilg‘i quyish shoxobchalarida texnik xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar