Toshkentda 38-yo‘nalish avtobusi piyodani urib ketdi

21 iyun kuni soat taxminan 21:00 da Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida 38-yo‘nalishdagi «King Long» rusumli avtobus piyodani urib yubordi. «Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan piyoda yo‘lning tartibga solingan qismiga svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida chiqqan. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazildi.
21 iyun kuni soat taxminan 21:00 da Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 38-yo‘nalishda harakatlanayotgan «King Long» rusumli avtobus 2000 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
«Toshshahartransxizmat» ma’lumotiga ko‘ra, piyoda tartibga solingan o‘tish joyiga svetoforning taqiqlovchi, ya’ni qizil chirog‘ida chiqib ketgan.
Avtobusni 18 yillik ish tajribasiga ega haydovchi boshqargan. Hodisadan keyin jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari voqea joyida YTHni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan. Hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.































Izohlar 0
…