Xavfsizlik kamarini taqmaslik huquqini beruvchi ma’lumotnoma raqamlashtirildi

O‘zbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beruvchi elektron tibbiy ma’lumotnomani endi my.gov.uz portali orqali olish mumkin. Yangi xizmat qog‘ozbozlikni kamaytirish va tibbiyot muassasasiga qayta-qayta borish zaruratini bartaraf etishga qaratilgan.
Ma’lumotnomani olish uchun fuqaro avvalo davolash-profilaktika muassasasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shifokorning xulosasi elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Shundan so‘ng ma’lumotnoma my.gov.uz portalida avtomatik ravishda shakllanadi. Fuqaro uni shaxsiy kabinet orqali ko‘rishi va yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
Yangi tartib tibbiy qarshi ko‘rsatmalarni tekshirish jarayonini avtomatlashtiradi. Shuningdek, haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi organlari bilan bog‘liq rasmiy jarayonlarini yengillashtiradi.































Izohlar 0
…