Jim Kerri yana qaytadi: “Grinch 2” rasman yo‘lda

Jim Kerri yana qaytadi: “Grinch 2” rasman yo‘lda

Bolaligimizning eng sevimli bayram filmlaridan biri — “Grinch — Yangi yil o‘g‘risi” yana davom etadi. Universal Pictures va Imagine Entertainment studiyalari Ron Xovard rejissyorligida “Grinch 2” filmi ustida ish boshlanganini e’lon qildi.

Eng quvonarlisi, bosh qahramonni yana o‘sha afsonaviy Jim Kerri gavdalantiradi. Aktyor ilk film suratga olish jarayonlarini og‘ir sinov sifatida eslaydi: noqulay kostyum va har kuni 8 soatlab davom etgan grim uni jiddiy qiynagan, hatto u maxsus chidamlilik bo‘yicha darslar ham olgan.

Yangi texnologiyalar esa bu safar ishni ancha yengillashtiradi — zamonaviy vizual effektlar yordamida Grinch obrazi yanada mukammal yaratiladi.

Filmning aniq premera sanasi yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar