Farg‘ona viloyatida 1,1 trln so‘mlik soxta bankrotlik holati aniqlandi

Foto: Xabar.uz
Farg‘ona viloyatida yirik miqdordagi soxta bankrotlik holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga ko‘ra, «T.» xususiy korxonasi mas’ullari kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarmaslik maqsadida korxonani qasddan to‘lovga qobiliyatsiz holatga olib kelgan.
Tekshiruvda ular muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarni undirish choralarini ko‘rmagani, savdodan tushgan mablag‘larni bankka topshirmagani aniqlangan.
Shuningdek, 1,1 trillion so‘m mablag‘ korxona hisob-raqamidan go‘yoki ish haqi uchun yechib olingani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…