Qahvaxonaga kirib ketgan Cobalt ortidagi haqiqat

1 daqiqa o'qish192
Qahvaxonaga kirib ketgan Cobalt ortidagi haqiqat
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xorazm viloyatining Urganch shahrida Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi qahvaxona ichiga kirib ketishi oqibatida ikki nafar yigit jarohatlandi.
  • Dastlab jabrlanuvchilar yengil tan jarohati olgani aytilgan bo‘lsa-da, keyinchalik e’lon qilingan tibbiy hujjatlar voqea oqibatlari ancha jiddiy bo‘lganini ko‘rsatdi.

Xorazm viloyatining Urganch shahrida Cobalt avtomashinasining qahvaxonaga kirib ketishi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ilk xabarlarda jabrlanuvchilar yengil tan jarohati olgani aytilgan bo‘lsa, keyinchalik e’lon qilingan tibbiy hujjatlar voqea oqibatlari ancha jiddiy bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 iyun kuni kechqurun yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt haydovchisi chorrahada boshqaruvni yo‘qotgan. Boshqa transport vositasi bilan to‘qnashuvning oldini olish maqsadida rulni keskin burgan haydovchi avtomobilni nazorat qila olmagan va mashina yo‘l chetida joylashgan qahvaxona ichiga kirib ketgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtomashina qahvaxona eshigini buzib, bevosita mijozlar o‘tirgan hududga kirib borganini ko‘rish mumkin. Hodisa oqibatida muassasa ichida bo‘lgan ikki nafar yigit turli darajada jarohat olgan.

Dastlabki rasmiy ma’lumotlarda jabrlanuvchilarning biri qo‘l qismida, ikkinchisi esa yuz qismida yengil shilinish olgani, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach uyiga javob berilgani bildirilgan edi.

Biroq keyinroq ma’lum bo‘lgan tibbiy xulosalar voqeaning boshqacha manzarasini ochib berdi. Hujjatlarga ko‘ra, jabrlanuvchilardan birida pastki jag‘ suyagi hamda ensa qismida sinish qayd etilgan. Shuningdek, bosh qismi va bo‘yin umurtqasida ham shikastlanishlar aniqlangan.

Ikkinchi jabrlanuvchida esa umurtqa bilan bog‘liq jiddiy muammolar, jumladan, fibroz halqaning yirtilishi, dural qop deformatsiyasi va umurtqa kanalida torg‘ayish holatlari kuzatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlangan yigitlardan biri oradan 11 kun o‘tganiga qaramay hanuz shifoxonada davolanmoqda.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, jamoatchilik orasida jabrlanuvchilarning haqiqiy ahvoli va dastlab tarqatilgan ma’lumotlar o‘rtasidagi tafovut yuzasidan savollar tug‘dirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?