Jizzaxda qo‘shnisining farzandini urgan ayol yuzasidan tekshiruv boshlandi

Jizzaxda qo‘shnisining farzandini urgan ayol yuzasidan tekshiruv boshlandi

Jizzax viloyatida qo‘shnisining voyaga yetmagan farzandiga tan jarohati yetkazgan ayol yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyun kuni Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro M.I. tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, 2015 yilda tug‘ilgan farzandi mahalladoshi N.N. tomonidan haqorat qilinib, kaltaklanganini bildirgan. Shuningdek, u holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur voqea bo‘yicha tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolada yengil tan jarohati aniqlangan.

Shu bilan birga, 20 iyun kuni fuqaro N.N. ham tuman IIBga murojaat qilib, ushbu mojaro davomida uning voyaga yetmagan farzandlariga ham tan jarohati yetkazilganini ma’lum qilgan. Ushbu holat yuzasidan ham sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra holatga huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar