O‘zbekistonda to‘rtburchak tarvuzlar sotuvga chiqdi (video)

O‘zbekistonda to‘rtburchak tarvuzlar sotuvga chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy shakldagi tarvuzlar aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoda odatiy dumaloq emas, balki to‘rtburchak shaklda yetishtirilgan tarvuzlar savatlarda sotuvga qo‘yilgani tasvirlangan.

Video muallifi bunday tarvuzlarni O‘zbekistonda ilk bor ko‘rayotganini aytib, hayratini yashirmadi.

“Yoshligimda Yaponiyada shunaqa tarvuzlarni ko‘rgan edim. Televizorda ham ko‘rsatishgandi, narxi 500–1000 dollargacha bo‘ladi, deb eshitganman. O‘ylardimki, bunday tarvuzlar faqat Yaponiyada bo‘lsa kerak. Endi qarasam, bizda ham sotilyapti. Narxi esa 60 ming so‘m ekan. Rostini aytsam, Amerikada ham bunaqasini ko‘rmagandim”, — deydi u videoda.

Mazkur video qisqa fursatda minglab tomoshalarni yig‘di. Foydalanuvchilar noodatiy tarvuzning ko‘rinishi va narxi haqida turli fikrlarni bildirib, ayrimlar uni xarid qilib ko‘rishni istashlarini, boshqalar esa bunday shakl qanday usulda yetishtirilishiga qiziqayotganini yozishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar