Narkotik ortilgan dron Amudaryodan o‘tayotganda to‘xtatildi

1 daqiqa o'qish161
Narkotik ortilgan dron Amudaryodan o‘tayotganda to‘xtatildi

O‘zbekiston chegarasida dron orqali narkotik modda olib o‘tishga urinish aniqlandi. Hodisa Surxondaryo viloyati hududida, Amudaryo orqali amalga oshirilmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston tomonidagi noma’lum shaxslar uchuvchisiz apparatga narkotik modda mahkamlab, uni O‘zbekiston hududiga yo‘naltirgan. Biroq tezkor xizmatlar dronni o‘z vaqtida aniqlagan.

Tadbir Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazildi. Natijada dron bilan birga 2 kilogramm 32 gramm opiy olib qo‘yildi.

Kontrabanda harakati oxiriga yetkazilmadi va narkotik moddaning mamlakat ichiga tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu ishga aloqador shaxslarni aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida dronning uchirilgan nuqtasi, narkotikning kimga mo‘ljallangani va ehtimoliy sheriklar tekshiriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?