Toshkentda parkovka pulini to‘lamaganlarni jarimaga tortish taklif etildi

Toshkent shahar hokimligi pulli avtoturargohdan foydalanib to'lov qilmagan haydovchilarni jarimaga tortish tashabbusini ilgari surdi. Uni qonuniylashtirish maqsadida Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga tegishli o'zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Ushbu taklifga ko'ra, pulli parkovka haqini to'lamaslik bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarimaga sabab bo'lishi mumkin.
Toshkentda pulli avtoturargohdan foydalanib, to‘lov qilmagan haydovchilarni jarimaga tortish taklif etildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur tashabbus Toshkent shahar hokimligi tomonidan ilgari surilgan. Uni qonuniylashtirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.
Taklifga ko‘ra, pulli parkovka haqini to‘lamaslik bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirgi hisobda bu 824 ming so‘mni tashkil etadi.
1 sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishi hisobga olinsa, ushbu jarima 880 ming so‘mga yetishi mumkin.
Hozircha bu tartib amaldagi qoida emas. Jarima joriy etilishi uchun avval qonunchilikka o‘zgartirish kiritilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.































Izohlar 0
…